Ikki nafar Rossiya fuqarosi Komil Allamjonovga suiqasd qilishda gumonlanmoqda

eʼlon qilindi
Va ILMA rahbari Dmitriy Liga
Foto: Michael Förtsch / Unsplash

Oʻzbekiston Interpol orqali Rossiyaning ikki fuqarosi – Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovni xalqaro qidiruvga berdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Lenta nashrining xabar berishicha, rossiyalik fuqarolar prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi rahbari Dmitriy Liga suiqasd uyushtirishda gumonlanmoqda.

Rasayev Qirgʻiziston – Oʻzbekiston chegarasini noqonuniy ravishda kesib oʻtgan boʻlsa, Temirxonov Oʻzbekistonga «Doʻstlik» chegara nazorat punkti orqali qonuniy yoʻl bilan kirib kelgan.

Ma’lum qilinishicha, Rasoyev va Temirxonovga Allamjonov hamda Lini oʻldirish uchun $1,5 mln taklif qilingan. Shuningdek, ular kontrabanda, chegarani noqonuniy kesib oʻtish va qurol saqlashda ayblanmoqda.

Kursiv Uzbekistan qoʻshimcha ma’lumot olish uchun Oʻzbekiston Bosh prokuraturasiga soʻrov yubordi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Allamjonovga suiqasdda chechenlarning izi borligi haqidagi xabarlarni rad etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek