Oʻzbekistonda ilk bor 2025-yilda elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda ma’lum qildi.
Prezident endilikda energiya sohasida ham raqobatli bozorga oʻtish vaqti kelganini ta’kidladi. Shuningdek, hozirgi kunda Oʻzbekistonda mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilar soni 24 taga yetgani aytildi.
«Bu yil ishga tushgan $6,3 milliardlik 17 ta yirik «yashil» va yangi texnologiyaga asoslangan energiya quvvatlari hisobiga kelgusi yilda qariyb 90 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi», – dedi davlat rahbari.
Shu bilan birga, biznes uchun yoʻl, suv, elektr, gaz, temir yoʻl kabi infratuzilma obyektlarini yaxshilashga bu yil 35-trillion soʻm yoʻnaltirilgani, kelgusi yil yana 43 trillion soʻm ajratish rejalashtirilgani qayd etildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 15 ta yangi kon maydonida geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilishi haqida xabar berildi.