Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlish boʻyicha AQSh bilan muzokaralarni yakunladi

eʼlon qilindi
19-dekabr kuni O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va AQSh Savdo vakili Ketrin Tay tegishli protokolni imzoladi
Foto: ustr.gov

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo boʻlish uchun AQSh bilan ikki tomonlama muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.

19-dekabr kuni Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev va AQSh Savdo vakili Ketrin Tay tegishli protokolni imzoladi. Azizbek Urunov ushbu kelishuv JSTga a’zo boʻlish jarayonidagi muhim bosqich ekanini ta’kidlab, bu yil O‘zbekiston uchun JSTga a’zo boʻlish harakatida tarixiy yil boʻlganini ta’kidladi.

AQSh tomoni Oʻzbekistonning 1994-yilda JSTga a’zo boʻlish uchun ariza topshirgani va 2020-yildan boshlab bu yoʻnalishda faol ish olib borayotganini ma’lum qildi.

«AQSh Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlish borasidagi sa’y-harakatlari doirasida Oʻzbekiston bilan tovarlar va xizmatlar boʻyicha ikki tomonlama bozorga chiqish boʻyicha muzokaralar yakunlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buyuk Britaniya Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishini qoʻllab-quvvatlashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek