O‘zbekistonda dollar yana qimmatlashdi
eʼlon qilindi
Uning narxi 12 893,07 so‘mga yetdi

20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida AQSh dollarining o‘rtacha qiymati 18,01 so‘mga ko‘tarilib, 12 893,07 so‘mni tashkil qildi.
Moliya institutlarida dollar 12 815 – 12 840 so‘mdan xarid qilinmoqda va 12 875 – 12 935 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, davlatda 19-dekabr kuni dollar kursi 13,23 so‘mga qimmatlashgan edi.