Oʻzbekistonga dunyoning 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelishi kutilmoqda
Oʻzbekistonga dunyoning 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqot chogʻida ma’lum qildi.
Boʻstonliqda $10 milliardlik Sea Breeze nomli yirik markaz qurilishini boshlashga kelishib olindi. Shuningdek, mamlakatimizga dunyoni nufuzli Swissôtel, Sheraton, Ritz-Carlton, Novotel, Pullman, Marriott, ibis, Mercure kabi 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelayotgani aytildi.
Qolaversa, tadbirkorlarning 6,5 trillion soʻm sarmoyasi bilan 24 ming oʻrinli mehmonxonalar ishga tushdi. Kelgusi yilda mehmon oʻrinlari yana 30 mingga oshadi. Tadbirkorlar bunga 10 trillion soʻm investitsiya kiritishga tayyor.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda 2025-yilda elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushishi haqida xabar bergan edi.