Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
eʼlon qilindi
Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi

Duyshenkul Chotonov Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinladi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Chotonov tayinlovga qadar 2011-yildan 2015-yilgacha Janubiy Koreyadagi diplomatik missiyani boshqargan va keyinchalik mamlakatning Vyetnamdagi elchisi etib tayinlangan.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yil oktabr oyida Sadir Japarov Musa Jamanbayevni Oʻzbekiston elchisi lavozimidan ozod qilgan edi. U 2022-yildan 2024-yilgacha Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlangani haqida xabar bergan edi.