Reklama qonunchiligini buzganlik uchun banklar va mikromoliya tashkilotlariga ish qoʻzgʻatildi

eʼlon qilindi
Monitoring natijasida qonunlarni buzilishiga oid holatlar aniqlangan
Foto: ilixe48/Depositphotos

Raqobat qoʻmitasi tomonidan Hayot bank, Yangi bank, Aloqa Bank, Asia Alliance Bank, Oʻzsanoatqurilishbank, BRB va Sash U mikromoliya tashkilotiga nisbatan reklama qonunchiligi talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatildi.

Qoʻmita ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan reklama axborotlarini oʻrganib, ularning «Reklama toʻgʻrisida»gi hamda «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunlar talablariga muvofiqligini tahlil qilgan. Monitoring natijasida yuqoridagi qonunlarning buzilishiga oid holatlar aniqlangan.

Mazkur ishlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va natijalari boʻyicha qoʻshimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank bir necha banklarni jarimaga tortgani haqida yozgan edi.

Shuningdek