Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 27-dekabrda boshlanadi
eʼlon qilindi
Loyiha qo‘shma korxona tomonidan amalga oshiriladi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 2024-yil 27-dekabrda boshlanishini ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik.
Japarovning ma’lum qilinishicha, loyiha G‘arb va Sharq o‘rtasidagi ko‘prik bo‘ladi. Loyiha qo‘shma korxona tomonidan amalga oshiriladi. Xitoy kompaniyaning 51 foiz ulushiga, O‘zbekiston va Qirg‘iziston 24,5 foizdan ulushga egalik qiladi.
Logistan Telegram kanali xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston rasmiylari ushbu temir yo‘l qurilishi bo‘yicha shartnomani 20-dekabr kuni imzolash niyatida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘iziston mamlakat orqali Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurish uchun Jalolobod viloyatidan yer ajratgani haqida yozgan edi.