Yangiliklar

Alisher Qodirov Rossiyadagi til siyosatini tanqid qildi

O‘z Telegram kanalida ma’lum qildi
Foto: Telegram / Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Rossiyada davlat tilini bilmagan fuqarolar va ularning farzandlarini maktablardan cheklash siyosatini tanqid qildi. Bu haqda siyosatchi o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rus tilini o‘rgatish o‘rniga uni bilmaganlarni mamlakatdan chiqarish va bolalarni maktabdan haydash yo‘lini tanlagan.

«Bu qonun postsovet mamlakatlarida rus tiliga bo‘lgan ehtiyojni ham, hurmatni ham keskin kamaytirishi mumkin», – deydi Alisher Qodirov.

Qodirovning fikricha, O‘zbekistonda davlat tilini bilmaydigan minglab davlat xizmatchilari va yuz minglab o‘quvchilar bor. U bu masalada elektoratdan kelib tushayotgan savollarga javob berish uchun Rossiyadagi tajribaning ijobiy va salbiy jihatlarini diqqat bilan tahlil qilish zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiya bilan viza tartibini joriy etish kerakligini aytgani haqida yozgan edi.