21-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 08:11 da Andijon viloyati, Marhamat tumanida zilzila qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzilaning koordinatalari: 40,53° shimoliy kenglik, 72,37° sharqiy uzunlik. Magnituda 3,3 ni tashkil etdi va zilzila o‘chog‘i yerning 10 km chuqurligida joylashgan. Ushbu hudud Toshkentdan 277 km janubiy-sharqda joylashgan.
Hodisa yuzasidan zarar va talafotlar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘istonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.