Milliy kurash sport turini rivojlantirish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
Prezident Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha yangi qaror qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, Xalqaro kurash institutining faoliyati kengaytiriladi. Kurash bo‘yicha xalqaro malakali trenerlar va hakamlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish. Kurashning yangi yo‘nalishlarini joriy qilish va ularni targ‘ib qilish vazifalari yuklatiladi.
Bundan tashqari, kurash trenerlari va hakamlarini xorijga yuborish («eksport») tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, ushbu milliy sport turini dunyo miqyosida tanitish va uni global sport turiga aylantirish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga kurashni xalqaro miqyosda rivojlantirishga ko‘maklashish vazifasi yuklatilgan. Mahalliy tadbirkorlarni Xalqaro kurash assotsiatsiyasiga homiy sifatida jalb qilish ham yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston ogʻir atletika terma jamoasi jahon chempionatida kuchli uchlikdan joy olganini yozgan edi.