Qirg‘iziston Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lini qurish bo‘yicha investitsiya bitimini imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirgabayev va qo‘shma temir yo‘l kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Jun Shenguy tomonidan imzolandi. Marosimda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev va XXR vakili Li Baotsze ishtirok etdi.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi kelishuvni tarixiy deb atadi.
Kelishuvni amalga oshirish bilan temir yoʻl sohasidagi qoʻshma korxona shugʻullanadi. Uning 51 foiz aksiyasi China Railway International kompaniyasiga tegishli. Qolgan 49 foizi esa Qirgʻiziston va Oʻzbekistonga tegishli bo‘ladi. Loyihaning umumiy qiymati deyarli $5 milliard deb baholanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 27 dekabrdan boshlanishi haqida yozgan edi.