2024-yilning yanvar – noyabr oylarida O‘zbekistonda gaz ishlab chiqarish 40,7 mlrd kub metrni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yiliga kamayish 4,7% ni tashkil qildi.
Gaz ishlab chiqarishda davom etayotgan kamayishiga qaramay mamlakat 11 oy davomida $1,5 mlrd.ga yoqilg‘i import qilgan, bu esa yiliga 2,8 baravar ko‘paygan. Shu davrda eksport 16,5% ga oshib, $593,4 mln.ga yetgan.
Joriy yilning dekabr boshida Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni oshirishga tayyorligi ma’lum qilindi. Bu kelishuv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuxammedov bilan o‘tkazgan muzokaralari davomida amalga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15 ta yangi kon maydonida geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilishi haqida yozgan edik.