Germaniyadagi «uchqur» BMW qurbonlari besh kishiga yetdi
Germaniyaning Magdeburg shahridagi Rojdestvo yarmarkasida qora BMW avtomobili odamlarga urilib, besh kishini halok qildi. Bu haqda Saksoniya-Anxalt federatsiyasi yerining bosh vaziri Rayner Hesselxof MDR telekanali orqali e’lon qildi.
Unga ko‘ra, voqea tufayli halok bo‘lganlar orasida to‘qqiz yoshli bola ham bor. 200 dan ortiq kishi turli jarohatlar oldi.
Yana xabar berilishicha, 41 kishi jiddiy jarohat olgan, 90 kishi og‘ir va 80 dan ortiq kishi yengil jarohatlar olgan. Shunday qilib, jabrlanganlar soni 200 kishidan oshgan.
Politsiya versiyasiga ko‘ra, jinoyatchining sheriklari bo‘lmagan. Avtomobilni boshqarayotgan shaxs Saudiyalik boshpana olgan psixiatr Taleb al-Abdulmohsen bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fargʻonada yonilgʻi quyish shoxobchasida sodir boʻlgan portlashda halok boʻlganlar haqida yozgan edik.