Yangiliklar

Ikki investor Uz Chasys kompaniyasini sotib olishga qiziqish bildirdi

Ular keyingi bosqichga o‘tdi
Foto: Aruba200 / Depositphotos.com

Uz Chasysdagi davlat ulushining 70% ni xususiylashtirish bo‘yicha ikki investor ariza topshirdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, investorlar keyingi xususiylashtirish bosqichiga o‘tishga ruxsat berildi. Kelgusi yilning 31-yanvariga qadar ular Portfolio Investments maslahatchisiga majburiy takliflar taqdim etishi lozim.

Shuningdek, Uz Chasysda 30% ulushga ega AMS Co. Ltd kompaniyasi aksiyalar paketini sotishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Uz Chasys 2008-yildan beri O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishi Chevrolet Cobalt, Lacetti va Spark avtomobillari uchun yoritish tizimlarini ishlab chiqarishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davaktiv «Oʻznaslchilik» davlat korxonasi hududini sotuvga qoʻygan edi.