Yangiliklar

O‘zbekiston avtosanoati ishlab chiqarishni 1,6% ga oshirdi

Foto: Phonlamai / Depositphotos

O‘zbekistonda 2024-yilning 11 oyida turli yengil avtomobillar ishlab chiqarish 382,3 ming dona bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,6% ko‘proqdir. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yil davomida mamlakatdagi avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar Chevrolet Cobalt ishlab chiqarishni 104,5 mingdan 149,7 minggacha oshirdi. Damas avtomobillari ishlab chiqarish 79,8 mingdan 92 minggacha o‘sdi.

Gentra ishlab chiqarilishi esa yillik hisobda 74,1 mingdan 12,8 minggacha keskin pasayib ketdi. Shuningdek, Cherry avtomobillari ishlab chiqarish ham kamaydi — 9,7 mingdan 6,3 minggacha.

Shuningdek, 2024 yilning 11 oyida O‘zbekistonda 243,1 mingta avtomobil dvigateli ishlab chiqarildi, bu esa 2023 yilning shu davriga nisbatan 2,4% ga ko‘proqdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Express furgonining yangi funksiyalari va narxlari haqida yozgan edik.