Tramp Panama kanalini AQSh nazoratiga qaytarish bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida AQSh Panama kanalini o‘z nazoratiga qaytarishini talab qilishi mumkinligini yozdi.
«Panama kanali AQSh uchun eng muhim milliy aktivlardan biri hisoblanadi. Chunki u Amerika iqtisodiyoti va milliy xavfsizligi uchun hal qiluvchi rol o‘ynaydi», — deb izohladi kanalni qaytarish sababini Tramp.
Oq Uy rahbari kanal xavfsizligi AQSh uchun harbiy va savdo ahamiyatiga ega ekanligini ta’kidladi.
U, shuningdek, AQShning 39-prezidenti Jimmi Karterning 1977-yilda Panama kanalini topshirish haqidagi qarorini ahmoqona deb hisoblaganini qo‘shimcha qildi.
«Panama tomonidan olinayotgan to‘lovlar kulgili, ayniqsa AQShning Panama uchun ko‘rsatgan betakror saxiyligidan so‘ng. Bu mamlakatimizning to‘liq «so‘ndirishi» mumkin va bu darhol to‘xtatiladi», — deya xulosa qildi Tramp.
Ma’lumot uchun, Panama kanali 1920-yilning yozida ishga tushirilgan. Uning qurilishi uchun javobgar bo‘lgan AQShning harbiy vazirligi (hozirgi Mudofaa vazirligi) edi. 81,6 km uzunlikdagi kanal Tinch va Atlantika okeanlarini birlashtiradi. Har yili uning orqali taxminan 14 mingta kemalar o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp «Yil odami» mukofotiga sazovor bo‘lgani haqida yozgan edik.