23-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo prognozi ma’lum qilindi
Toshkentda havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s. Harorat kechasi -5…-7°C, kunduzi +2…+4°C boʻladi. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi.
Qoraqalpogʻiston va Xorazmda havo ochiq, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi -7…-12°C, kunduzi -3…+2°C boʻladi.
Buxoro va Navoiyda havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi -5…-10°C, kunduzi 0…+5°C boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo ochiq. Yoʻllarda yaxmalak va tuman kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi -5…-10°C, kunduzi 0…+5°C, ba’zan -2°C boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo ochiq, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi -2…-7°C, kunduzi +3…+8°C boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻonada havo biroz bulutli. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 5–10 m/s esadi. Harorat kechasi -5…-10°C, kunduzi -3…+2°C boʻladi.
Togʻli hududlarda havo ochiq, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllar muzlamoqda, Toshkent viloyatida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi –8…–13°C, kunduzi 0…–5°C boʻladi.