Avto

AQShda Chevrolet Corvette C8 avtomobilining narxi sezilarli pasaydi

C8ʼning barcha versiyalari narxi sezilarli darajada pasaymoqda
Foto: Chevrolet

Chevrolet Corvette C8 Stingray 2020-yilda debyutidan beri tanqislik va yuqori talab tufayli yuqori narxlarda sotilib kelayotgan edi. Lekin bozordagi vaziyat oʻzgarib, C8ʼning barcha versiyalari narxi sezilarli darajada pasaymoqda.

AQShda Chevrolet Corvette C8 uchun chegirmalar boshlandi. Kaliforniyada Platinum Chevrolet 2025-yilgi E-Ray 3LZ modelini $5 ming chegirma bilan $123 mingga, Texasda Gene Messer Chevrolet 2024-yilgi E-Ray 2LZʼni $5,7 ming arzonlashtirib $119 mingga, Floridada Carroll Chevrolet esa Rapid Blue C8 E-Rayʼni $10 ming chegirma bilan $107 mingga sotmoqda.

Chegirmalar boshqa versiyalarga ham amal qiladi: C8 Stingray $14 minggacha, C8 Z06 esa $11 minggacha chegirma bilan. Bu 2022-yildan keskin farq qiladi, oʻshanda Z06 uchun dilerlar RRSdan $100minggacha sotilgan.

C8’ning barcha versiyalari GM Y2 platformasida qurilgan va Kentukki shtatining Bowling Green shahridagi zavodda ishlab chiqariladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada yangi Chevrolet Captiva krossoveri sotuvga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.