Yangiliklar

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 12 900 so‘mdan oshdi

Foto: Live Richer / Unsplash

23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida AQSh dollari 8,93 so‘mga qimmatlashib, kurs 12 902 so‘mni tashkil etdi.

Tijorat banklari Amerika valyutasini 12 830 – 12 855 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 895 – 12 955 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 20-dekabr kuni dollar kursi 18,01 so‘mga o‘sgan edi.