Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi quriladi. Jahon banki loyihaga $3,5 mln.lik bank kafolati ajratdi. Kafolat «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning to‘lov majburiyatlarini ta’minlaydi. Stansiyani Fransiyaning «Voltalia» kompaniyasi qurib boshqaradi. Qurilish ishlari 2025-yil noyabr oyida yakunlanadi.
Stansiya yiliga 240 gigavatt-soat qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqaradi. Bu orqali 230 ming tonna karbonat chiqindisi kamayadi. Natijada 60 mingga yaqin uy xo‘jaliklari toza energiya bilan ta’minlanadi. Loyihaning umumiy qiymati $80 million bo‘lib, 54 million dollar YeTTB tomonidan ajratilgan.
Jahon banki «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Maqsad qayta tiklanadigan energiya ulushini 40 foizga yetkazishdir. Loyihaning ekologik ahamiyati juda yuqori. Bu mamlakat yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini tezlashtiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublikada 2025-yilda elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushishi haqida xabar bergan edi.