Rossiya Qozogʻistonga firibgarlikda gumonlanayotgan oʻzbekistonlik ayolni ekstraditsiya qildi, deb xabar qildi Qozogʻiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi 2005-yildan 2007-yilgacha Olmaota qurilish kompaniyasida buxgalter boʻlib ishlagan. U hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Uning harakatlari natijasida 80 kishi jabr koʻrgan va zarar miqdori 3,7 milliard tengedan ($7 million) oshgan.
Gumonlanuvchi jinoyat sodir etilgandan soʻng yashiringan va shundan keyin xalqaro qidiruvga berilgan.
Bosh prokuraturaning ta’kidlashicha, Rossiya huquq-tartibot idoralari 2023-yil oxirida Krasnodar viloyatida oʻzbekistonlik ayolni qoʻlga olgan. Uning mol-mulki musodara qilinib, besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish xavfi bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ikki rossiyalik Komil Allamjonovga suiqasd qilishda gumon qilinayotgani haqida yozgan edi.