Telegram birinchi marta yilni daromad bilan yakunlamoqda – Durov

eʼlon qilindi
Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov xabar berdi
Foto: prykhodov / www.depositphotos.com

2024-yilda Telegram messenjeri oʻzining uch yillik monetizatsiya tarixida birinchi marta yilni daromad bilan yakunlamoqda. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov xabar berdi.

«Joriy yilda Telegram Premium obunachilari soni uch baravarga oshib, 12 milliondan oshdi. Reklama daromadimiz ham bir necha baravar oshdi. Natijada, Telegramning 2024-yildagi umumiy daromadi $1 milliarddan oshdi va biz yilni kripto-aktivlarni hisobga olmaganda $500 milliondan ortiq zaxirasi bilan yakunlayapmiz», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, Durov soʻnggi toʻrt yil mobaynida Telegram taxminan $2 milliard miqdorida qarz olgani, Telegram obligatsiyalarining qulay narxlaridan foydalanib, qarzning sezilarli qismi qaytarilganini ta’kidladi.

Eslatib oʻtamiz, Telegram messenjerida ilovalar uchun yangi funksiyalar ishga tushirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegramda sun’iy intellekt yordamida stikerlarni qidirish imkoniyati joriy qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek