2024 – 2028-yillarda «SQB», «Agrobank», «Aloqabank» va «Milliy bank» tomonidan xususiy bog‘cha tashkil etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar uchun maxsus imtiyozli kreditlar ajratiladi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, kredit shartlari barcha hududlarda farqli bo‘lib, tadbirkorlar uchun qulay moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
Masalan, tumanlarda yillik 14 foizlik stavka bilan 10 yilga mo‘ljallangan kreditlar beriladi, ikki yil imtiyozli davr ko‘zda tutilgan. Nukus shahri, viloyat markazlari va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda esa kredit stavkasi yillik 16 foizni tashkil qiladi. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 18 foizga yetadi.
Ushbu tashabbus xususiy sektorni rivojlantirish orqali ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va bolalarning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublikada maktablar qoshida bolalar bog‘chalari qurilishiga ruxsat berishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.