Advokatlar uchun yangi tizim joriy etildi

eʼlon qilindi
Advokatlik tuzilmalari har bir hisobot davri uchun statistik ma’lumotlarni taqdim etishlari shart
Foto: Pexels.com

Adliya vazirligi «Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi» nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, advokatlik tuzilmalari har bir hisobot davri uchun statistik ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Advokatlik tuzilmasi rahbari statistik ma’lumotlarni «Yuridik yordam» axborot tizimi orqali joylashgan joydagi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasiga 10-iyulgacha birinchi, 10-yanvargacha esa ikkinchi hisobot davri uchun taqdim etishi kerak. Agar advokat advokatlik tuzilmasidan chiqsa, unga qadar amalga oshirilgan faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar taqdim etilishi zarur.

Tizim orqali umumlashtirilgan statistik ma’lumotlar har bir hisobot davri yakunlanganidan so‘ng Advokatlar palatasiga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashishi haqida yozgan edik.

Shuningdek