Yangiliklar

Ayrim zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi

«O‘zbekzargarsanoati» uyushmasiga a’zo bo‘lganlar
Foto: Pexels.com

O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi bilan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga doir bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyihaga ko‘ra, 2027-yil 1-sentabrga qadar «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni mol-mulk va yer solig‘idan ozod etish nazarda tutilgan. Shuningdek, affinaj korxonalariga qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari uchun qulay shakl va miqdorlarda sotish huquqi beriladi.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari o‘zlari yasagan mahsulotlarni boshqa ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilish huquqiga ega bo‘ladi. Yangi qonun loyihasi xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan va toshlardan yasalgan buyumlarni hujjatsiz sotishga taqiqlovchi normani ham o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashishi haqida yozgan edik.