Gavayi orollarida dunyodagi eng faol vulqonlardan biri hisoblangan Kilauea vulqoni otilishni boshladi, deb xabar berdi The Guardian portali.
Kilauea Gavayi vulqonlari milliy bogʻining tashrif buyuruvchilar uchun yopiq zonasida joylashgan. Kuzatuvchilarning ma’lumotlariga koʻra, qoʻzgʻalish kalderasi (vulkan choʻqqisi) bilan cheklangan.
Vulqon dushanbaga oʻtar kechasi otila boshlagan. Bir kun avval Amerika Qoʻshma Shtatlari Geologiya xizmati tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya tashkil etildi. Uning yordamida lava favvoralarining balandligi 80 metrga yetishini koʻrish mumkin boʻldi.
«Lava bunday otilishlarning boshlanishida odatda kuzatiladiganiga qaraganda tezroq chiqmoqda», – deya vaziyatni izohladi Gavayi vulqon observatoriyasi ilmiy rahbari Ken Xon.
Kursiv Uzbekistan avvalroq dekabr oyi boshida Rossiyada asteroid qulagani haqida yozgan edi.