Yangiliklar

Energokrizis sababli narx-navo oshishda davom etmoqda

17-dekabr holatidagi narxlar bilan ayni paytdagi narxlar solishtirildi
Foto: Pexels.com

Energokrizis ta’siri ostida mahsulotlar narxi oshishda davom etmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sahifasida 24-dekabr holatidagi narxlarni e’lon qilindi.

Iqtisodchi Otabek Bakirov yozganidek, gazdan uzilgan issiqxonalarda yetishtiriladigan bodring narxi 24 mingdan 40 ming so‘mgacha ko‘tarildi, bu holatni shartli ravishda «bodring indeksi» deb atash mumkin.

Foto: 24-dekabr holatiga / Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oxirgi haftada boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarida ham sezilarli o‘sish kuzatildi. 24-dekabrga kelib, sabzi narxi 2,5 ming so‘mdan 3 ming so‘mgacha, lavlagi 2,7 ming so‘mdan 3 ming so‘mgacha, pomidor 19 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha, baqlajon 23 ming so‘mdan 24 ming so‘mgacha oshdi.

Foto: 17-dekabr holatiga / Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Shuningdek, mevalar narxi ham ortdi: mandarin 25 ming so‘mdan 30 ming so‘mgacha, ananas 21 ming so‘mdan 30 ming so‘mgacha, tarvuz 30 ming so‘mdan 35 ming so‘mgacha va qovun 35 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Bu holat energokrizisning jahon bozoriga ta‘siri natijasida yuzaga kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq chiqindi uchun qarzdorlar qanday qilib elektr energiyasidan uzilishi haqida yozgan edik.