Jo Bayden AQShning 2025-yilga moʻljallangan mudofaa budjetini tasdiqladi
AQSh prezidenti Jo Bayden 2025-yilga moʻljallangan mudofaa budjetini tasdiqladi. Bu haqda Oq uy saytida ma’lum qilindi.
«Prezident 2025-moliya yiliga moʻljallangan milliy mudofaa mablagʻlari toʻgʻrisidagi hujjatni qonun sifatida imzoladi», – deyiladi xabarda.
Avvalroq $895 milliardlik mudofaa budjeti AQSh Kongressining ikkala palatasi tomonidan kelishilgan edi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan $9 milliardga ko‘pdir.
Vashington AQShning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi ishtirokini kuchaytirish uchun mablagʻ ajratishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning maoshlarini oshirish, yettita yangi kema qurish va mamlakatning mudofaa sanoati bazasini mustahkamlash rejalashtirilgan.
Financial Times nashrining yozishicha, Donald Tramp yangi ma’muriyat tuzilgach Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatishga va’da bergan. Britaniyalik jurnalistlarning ta’kidlashicha, Ukraina qurolli kuchlariga qurol yetkazib berish inauguratsiyadan keyin ham toʻxtamaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShdan chiqarib yuborilgan oʻzbeklar soni 6,5 baravar oshgani haqida xabar bergan edi.