Yangiliklar

O‘zbekistonda 2-yanvar dam olish kuni etib belgilandi

Qo‘shimcha dam olish kuni sifatida
Foto: Kursiv Uzbekistan

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil Yangi yil bayramini nishonlash davrida dam olish kunlari haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 4-yanvar (shanba)dan 2-yanvar (payshanba)ga dam olish kuni ko‘chiriladi. 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 2-yanvar (payshanba)ni qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilashdi.

Bayram arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

  • 28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida dam olish kuni;
  • 29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
  • 30-dekabr (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 31-dekabr (seshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
  • 2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida dam olish, 6 kunlik ish haftasida qo‘shimcha dam olish kuni.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi yilda qayerga borish mumkinligi va bu qanchaga tushishi haqida yozgan edik.