Yangiliklar

O‘zbekistonda dollar kursi oshmoqda

Foto: David Trinks / Unsplash

24-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida AQSh dollari kursi 7,80 so‘mga oshib, 12 909,80 so‘mga yetdi.

Mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 830 – 12 865 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 895 – 12 965 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 23-dekabr kuni dollarning rasmiy kursi ilk bor 12 900 so‘mdan oshgan edi.