O‘zbekistonda bitta kriptodo‘kon litsenziyadan mahrum bo‘ldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Kompaniya bozorni o‘z xohishi bilan tark etdi
                    
                             
Foto:Pexels.com
O‘zbekistonda rasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan kriptodo‘konlar soni yettitadan oltitaga kamaydi. Crypto trade net MCHJning litsenziyasi 2024-yil 24-oktabrda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan bekor qilindi.
«Kripto-do‘konning o‘z arizasiga binoan amaldagi litsenziyasi tugatildi», – deya qo‘shimcha qildi ILMA matbuot xizmati Kursiv Uzbekistanga.
Hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan litsenziyali kriptodo‘konlar ro‘yxati quyidagicha: Crypto market, Crypto express, C-base, Paynet crypto, T-rec, Coinpay.
Bundan tashqari, uchta kriptodo‘konning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatilgan. Kursiv bu haqda avvalroq yozgan edi. Bu do‘konlarning ish faoliyati yaqinda qayta tiklanishi kutilmoqda.
