O‘zbekistonda elektromobillar importi 22,2 mingtaga yetdi

eʼlon qilindi
Bu elektromobillar qiymati $215,3 millionni tashkil etdi

Foto:treadfirst.co.uk

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar – noyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan 22,2 mingta elektromobil import qilindi. Ushbu mashinalarning narxi $215,3 millionga baholanmoqda.

O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlat Xitoy bo‘lib, 22,1 mingta mashina keltirilgan. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘istondan import qilingan 51 ta elektromobil qayd etilgan. Uchinchi o‘rinda Gonkong joylashib, u yerdan 17 ta elektromobil olib kelingan. Germaniyadan esa 14 ta elektromobil import qilingan.

Boshqa davlatlardan jami 29 ta elektromobil keltirilgani ma’lum bo‘ldi. Statistika elektromobil importining asosiy qismi Xitoydan ekanini ko‘rsatmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublikamiz avtosanoati ishlab chiqarishni 1,6% ga oshirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek