Foto: Yandex.uz
«Texnomart» MCHJ Telegram kanalida joylashtirilgan reklamalar qonunga zid deb topildi.
Reklamada mobil telefonlar narxi va to‘lov shartlari bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Masalan, Vivo Y03 telefoni uchun 213,2 ming so‘m oylik to‘lov ko‘rsatilgan. Honor X7b telefoni uchun esa 274,2 ming so‘m oylik to‘lov belgilangan.
Qo‘mita boshqa savdo do‘konlaridagi narxlar bilan solishtirish o‘tkazdi. Tahlillar natijasida «Texnomart»dagi narxlar yuqoriligi kuzatildi.
Reklamalarda «eng», «eng yaxshi» kabi tasdiqsiz nisbatlar ishlatilgan. Bu da’volarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan.
Maxsus komissiya reklama qonunchiligini buzganlik uchun «Texnomart»ga ish qo‘zg‘atdi va kompaniyaga moliyaviy jarima qo‘llandi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu holatlar kelgusida takrorlanmasligi ta’kidlandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Biznesni rivojlantirish banki reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.