Turkiyada zavoddagi portlashda 12 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari boshlangan
Foto: CNNturk.com

Turkiyaning Balikesir viloyatidagi portlovchi moddalar zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi. CNN Turk ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 12 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Balikesir gubernatori Ismoil Ustao‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, kamida uch kishi jarohatlangan. Yaradorlarning hayoti xavf ostida emasligi ma’lum qilindi.

«Snaryadlar ishlab chiqarilgan hududda portlash yuz berib, bino qulab tushdi», – dedi gubernator. Uning aytishicha, vayronalar ostida odamlar bo‘lishi ehtimoli bor.

Zavodda jami mingga yaqin ishchilar mehnat qilardi. Portlash joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va shifokorlar yetib kelishdi.

Hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari boshlangan. Huquq-tartibot organlari sabotaj ehtimolini ham ko‘rib chiqmoqda. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyada eski namunadagi dollar kupyuralari muomaladan olib tashlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek