Lifestyle

Eldor Shomurodov «Roma»ni tark etishi mumkin

U murabbiy Ranerining rejalarida yo‘q

Foto:FCRoma

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov «Roma»dan ketishi kutilmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, futbolchining klubni tark etishi qishki transferlar oynasida amalga oshishi mumkin. «Roma» futbolchi bilan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirgan. Biroq u murabbiy Ranerining rejalarida yo‘q.

Shomurodov «Roma»ga 2021-yilda «Jenoa»dan kelib qo‘shilgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 4 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, hujumchi joriy mavsumda 12 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 1 assistni qayd etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eldor Shomurodov faoliyatini AQSh klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.