Yangiliklar

Navoiyga mo‘g‘ul qo‘ylari olib kelindi

2026-yilgacha O‘zbekistonga jami 20 ming bosh qo‘y va echki yetkazib beriladi
Foto: «Xalq so‘zi» gazetasi

Navoiy viloyatiga Mo‘g‘ulistondan qo‘ylarning ming boshlik birinchi partiyasi keltirildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» gazetasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, qo‘ylar Konimex tumanida boqiladi. O‘zbekistonlik mutaxassislarning ta’kidlashicha, chetdan keltirilgan qo‘ylar mintaqaning iqlim sharoitiga tez moslashadi.

Viloyatda chorvachilikni yaxshilashda Mo‘g‘uliston qo‘ylari muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgacha mo‘g‘ul chorvadorlari mamlakatimizga 20 ming bosh qo‘y va echki yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonning har bir fuqarosiga uchta tovuq to‘g‘ri kelishi haqida yozgan edi.