Yangiliklar

O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam yubordi

Zarur oziq-ovqat va dori-darmonlar
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Afg‘oniston aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 25-30-dekabr kunlari Afg‘onistonning Balx viloyatida O‘zbekistonlik shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi. Shuningdek, zarur oziq-ovqat va dori-darmonlar yuborildi.

Bu yordam O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlarining o‘zaro kelishuviga asosan amalga oshirilmoqda. Insonparvarlik yuklarini Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va tegishli vazirliklar hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mutasaddilari yetkazib bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolagani haqida yozgan edik.