O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish 18,6 foizga oshdi

eʼlon qilindi
5,1 trln so‘mga teng mahsulot ishlab chiqarildi
Фото: Myriam Zilles / unsplash

2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston farmatsevtika kompaniyalari tomonidan 5,1 trln so‘mlik dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 2023-yilga nisbatan 18,6 foizga oshgan. Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 765 mlrd so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilgan.

2024-yilda sohada $310 millionlik 28 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi. Shu tufayli respublikadan farmatsevtika mahsulotlari eksporti $200 millionga yetdi. O‘zbekiston dori vositalari ilk bor Fransiya, Germaniya, Daniya va Slovakiya davlatlariga eksport qilindi.

Bundan tashqari, 2025-yilda O‘zbekistonda Istiqbolli tibbiyot loyihalari investitsiya fondi ish boshlaydi va venchur kompaniya ochiladi. Bundan tashqari, dori vositalarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 milliard so‘m grant ajratiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan farmatsevtika sohasiga $400 mln investitsiya jalb qilinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek