Yangiliklar

Qozogʻistonda yuz bergan aviahalokat boʻyicha dastlabki ma’lumotlar e’lon qilindi

Samolyotda jami 67 nafar fuqaro bo‘lgan
Foto: News.ru

Qozogʻistonda aviahalokatga uchragan Airlines aviakompaniyasi samolyotida jami 67 nafar fuqaro boʻlgani ma’lum qilindi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, unda 37 nafar Ozarbayjon fuqarosi, 16 nafar rossiyalik, olti nafar qozogʻistonlik va uch nafar qirgʻizistonlik boʻlgan. Qolgan 5 nafar esa ekipaj a’zolari bo‘lgan.

Jabrlanganlar boʻyicha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda. Dastlabki xabarlar koʻra, 28 nafar fuqaro tirik qolgan.

Mamlakat Transport vazirligining xabar berishicha, halokatga uchragani sabablarini oʻrganish boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzildi. Bosh vazir oʻrinbosari boshchilik qiladigan komissiya tarkibiga bir nechta vazirlik va idoralar vakillari kiradi.

«Komissiyaga zudlik bilan voqea joyiga uchib borib, samolyotning qulashi sabablarini har tomonlama oʻrganishni ta’minlash, halok boʻlgan va jabrlanganlarning oilalariga birinchi navbatda yordam koʻrsatish choralarini koʻrish topshirildi», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Aqtau shahri yaqinida samolyot halokatga uchragani haqida xabar bergan edi.