Oʻzbekistonda rasman futzal federatsiyasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbariyati ishtirokida taqdimot marosimida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Federatsiyaga BMB Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Futzal federatsiyasi vitse-prezidenti etib OʻzSQB boshqaruv raisi Akbarjonov Aziz tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston futzal assotsiatsiyasi 2017-yilda tugatilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayev 2024-yildagi Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani haqida xabar bergan edi.