Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev va Vladimir Putinga hamdardlik yo’lladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Davlatimiz rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi
                    
                            
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Oqtou shahri yaqinida «Ozarbayjon havo yo‘llari»ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oqtou shahri yaqinida samolyot halokatga uchragani haqida xabar bergan edi.
