Yangiliklar

Xitoyning Comac C919 avialayneri jahon bozoriga chiqmoqda

Ayni paytda buyurtmalar portfeli bir mingta samolyotdan oshadi
Foto: @yu7554

Xitoyning Comac C919 avialayneri Braziliya, Kamboja, Indoneziya va Qozogʻistonga e’tibor qaratgan holda xorijga kengayishga tayyorlanmoqda. Bu haqda AviaNews xabar berdi.

AviaNews BNN Bloombergʼga tayanib xabar qilishicha, Comac mintaqa aviatashuvchilari bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Garuda Indonesia 70 tagacha C919 samolyotini sotib olishni rejalashtirmoqda. Kambojaning Xitoyga tegishli Angkor Air kompaniyasi esa strategik hamkor boʻlishi mumkin. Qozogʻistonning SCAT Airlines bilan muzokaralar tafsilotlari esa hozircha oshkor qilinmagan.

Xalqaro buyurtmalarni jalb qilish uchun Comac aviatashuvchilarga moliyaviy yordamdan tortib aeroportlarni modernizatsiya qilishgacha boʻlgan qulay shartlarni taklif qiladi. Bularning barchasi Boeing’da katta muammolar va Airbus’da samolyot ishlab chiqarishdagi kechikishlar fonida sodir boʻlmoqda. Ayni paytda Comac S919 uchun buyurtmalar portfeli bir mingta samolyotdan oshadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Begishevo aeroporti Toshkentga yangi parvozni yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.