Oltin, IT va paxta: 2025-yilda O‘zbekiston eksportining o‘sish drayverlari

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ushbu o‘sish eksport hajmining 9-11%ga ko‘payishiga olib kelishi kutilmoqda
Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, 2025-yilda oltin, kumush, mis, uran narxlarining xalqaro bozorda yuqori narxlarda qolishi O‘zbekistonning eksport daromadlarini 9-11 foizga oshirishga yordam beradi. Bu haqida Markaziy Bank choraklik hisobotida e’lon qildi.

Shuningdek, 2025-yilda turizm va axborot texnologiyalari (IT) sohasida keng ko‘lamli
islohotlarning davom ettirilishi bunga hissa qo‘shadi.

2024-yilda paxta narxlari biroz pasaygan bo‘lsa, 2025-yilda taklifning kamayishi va yuqori talabning davom etishi sababli o‘sishi kutilmoqda. Bu, ayniqsa, paxta asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar eksportiga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning 9 oyida O‘zbekiston $19,1 mlrd.lik eksport amalga oshirdi, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 4 foizga ko‘pdir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning 11 oyida O‘zbekistonga 4 mln.ga yaqin mobil telefon import qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek