Chevrolet yangilangan 2025 Trax modelini sotuvga chiqardi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, krossoverning boshlang‘ich narxi $20,4 mingdan boshlanadi. Model beshta trim darajasida, jumladan, 2RS va Activ versiyalarida taqdim etilgan. Maksimal jihozlangan to‘liq versiya narxi $30 mingdan kam.
Ushbu narx Chevrolet Trax’ni o‘z sinfidagi eng arzon modellar qatoriga kiritadi. Yangi model yangi rang varianti va panoramali lyukka ega.
Chevrolet Trax 1,2 litrli 137 ot kuchiga ega turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, krossover Janubiy Koreyada ishlab chiqarilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt Rossiyada eng arzon sedanga aylangani haqida xabar bergan edi.