Air Arabia 27-dekabrdan Toshkentdan Ras al-Xaymaga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Foto: Mounir91 / Depositphotos.com

Air Arabia aviakompaniyasi 27-dekabrdan qish mavsumi uchun Toshkentdan Ras al-Xayma amirligiga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga bir marta – juma kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar narxi $149 dan boshlanadi.

2024-yil iyul holatiga koʻra, Air Arabia aviaparki 77 ta samolyotdan iborat edi. Bular asosan Yevropadagi Airbus ishlab chiqaruvchisining samolyotlari hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Air Arabia – shtab-kvartirasi Sharjada (BAA) joylashgan arab loukoster aviakompaniyasi boʻlib, Sharja va Iskandariya aeroportlaridan, shuningdek, Marokashning toʻrtta aeroportidan Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va MDH mamlakatlariga yoʻlovchi tashuvlarini amalga oshiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdan Xaynanga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek