Yangiliklar

Banklarda dollar kursi deyarli 13 ming so‘mga yetdi

Foto: David Trinks / Unsplash

26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida AQSh dollari kursi 7,79 so‘mga pasayib, 12 920,48 so‘mni tashkil qildi.

Shunga qaramay ba’zi tijorat banklari dollarning sotuv kursini 12 990 so‘mga yetkazgan.

Umuman olganda, moliya institutlari AQSh valyutasini 12 855 – 12 890 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 930 – 12 990 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25-dekabr kuni dollar kursi 18,47 so‘mga ko‘tarilgan edi.