Bayden Ukrainaga qurol yetkazib berish sur’atini oshirish boʻyicha koʻrsatma berdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Oq uy xabar berdi
Foto: Reuters

AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish jarayonini tezlashtirish boʻyicha Mudofaa vazirligiga topshiriq berganini ma’lum qildi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rojdestvo bayramida Rossiya Ukrainaga qarshi raketa va dron hujumlarini amalga oshirdi. Prezident Jo Bayden bu hujumlarni qoraladi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini bildirdi.

«Men Mudofaa vazirligiga Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni tezlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishni topshirdim va AQSh Ukrainaning Rossiya qo‘shinlariga qarshi mudofaa holatini mustahkamlash ustida tinmay mehnat qiladi», – dedi u.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh kriptosanoati Trampdan dastlabki farmonlarini kutayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek