O‘zbekiston Markaziy banki IORWG’ga a’zo bo‘ldi
Foto: cbu.uz
O‘zbekiston Markaziy banki Risklarni boshqarish bo‘yicha xalqaro guruhiga (IORWG) qo‘shildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu ishtirok bankka operatsion xatarlarni boshqarishda ilg‘or tajribalar olishga yordam beradi.
IORWG – 2005-yilda tashkil etilgan xalqaro markaziy banklar tashkilotidir. Tashkilot faoliyatini Ispaniya banki va Filadelfiya Federal zaxira banki boshqaradi. Guruh tarkibida 125 ta markaziy bank va regulyatorlar mavjud.
Markaziy bank a’zolik orqali xalqaro standartlarga mos tizimlarni rivojlantiradi. IORWG a’zolari orasida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bankning Kiberxavfsizlik markazi APWG xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘lgani haqida xabar bergan edi.