NASA kosmik kemasi Quyoshga eng yaqin masofada yaqinlashdi

eʼlon qilindi
Quyosh haqida yangi ilmiy ma’lumotlarni olish uchun
Foto: NASA/Johns Hopkins APL/Steve Gribben/Handout via Reuters

NASA’ning Parker Solar Probe kosmik kemasi 2024-yil 26-dekabrda Quyoshga tarixiy yaqinlashishni amalga oshiradi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kosmik kema Quyoshning tashqi atmosferasi bo‘lgan korona ichiga kirib, Yerga eng yaqin yulduz haqida yangi bilimlar olish maqsadida ishlashni davom ettiradi. Inson tomonidan yaratilgan hech qaysi obyekt Quyoshga bu darajada yaqinlashmagan edi.

Parker Solar Probe Quyoshning yuzasidan 3.8 mln milya (6.1 mln km) masofada uchadi. Kosmik kema juda yuqori tezlikda harakatlanadi – soatiga 430,000 milya (692,000 km/soat) va 1,800 daraja Farengeytda (982°C) haroratga dosh berish kerak.

Foto: NASA/Johns Hopkins APL/Steve Gribben/Handout via Reuters

Kosmik kema 2021-yilda birinchi marta Quyosh atmosferasiga kirib, yangi ma’lumotlar va tasvirlar to‘plagan edi. Bu safar esa u Veneraga o‘tkazilgan uchishlari yordamida Quyoshga yanada yaqinlashdi. Olimlar Veneradan ko‘rinadigan yorug‘likni o‘rganish orqali uning qalin bulutlari ostidagi yuzani aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Parker Solar Probe’ning bu missiyasi, Quyosh haqida yangi ilmiy ma’lumotlarni olishga yordam beradi va kosmik tadqiqotlar tarixida muhim qadam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA Ingenuity Mars vertolyotining halokatga uchrash sababi haqida yozgan edik.

Shuningdek